«E-lug‘at» dasturining imkoniyatlari

Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirish doirasida chet tillarini o‘qitishning kompleks tizimi, ya’ni uyg‘un kamol topgan, mustaqil fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, respublikaning jahon hamjamiyatiga yanada integratsiya-lashuviga yo‘naltirilgan tizim yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi «Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1875 sonli Qarori qabul qilingan. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Respublikada bir qator namunali ishlar amalga oshi-rilmoqda, jumladan, ingliz tilini birinchi sinfdan boshlab o‘qitish tizimi joriy etildi.