понедельник, 17 ноября 2014 г.

«E-lug‘at» dasturining imkoniyatlari

«E-lug‘at» dasturining imkoniyatlari

lug_4_11_2014
Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirish doirasida chet tillarini o‘qitishning kompleks tizimi, ya’ni uyg‘un kamol topgan, mustaqil fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, respublikaning jahon hamjamiyatiga yanada integratsiya-lashuviga yo‘naltirilgan tizim yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi «Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1875 sonli Qarori qabul qilingan. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Respublikada bir qator namunali ishlar amalga oshi-rilmoqda, jumladan, ingliz tilini birinchi sinfdan boshlab o‘qitish tizimi joriy etildi.

Framework zamonaviy qulay web-dastur


Framework zamonaviy qulay web-dastur

frame_4_11_2014
Hozirgi kunga Respublikamizda kompyuter texnologiyalari, internet kirib bormagan birorta ham shahar yoki aholi punktlari qolmagan. Joylarda qurilayotgan zamonaviy umumta’lim maktablari, kasb-hunar kolejlari va akademik litseylar internet tarmog‘iga ulangan kompyuterlar bilan ta’minlangan. Ushbu ta’lim maskanlarida bilim olayotgan talaba yigit va qizlar katta qiziqish bilan ushbu texnologiyalar asoslarini o‘rganmoqdalar. Davlatimiz rahbari va hukumatimiz tomonidan AKT sohasini rivojlantirishga bo‘lgan diqqat-e’tibor sababli Respublikamizda internet xizmati hajmi, internetdan foydalanuvchilar soni, xalqaro kanallarga chiqish tezligi yildan-yilga o‘sib bormoqda.
Hozirgi vaqtga kelib, yoshlar o‘rtasida Web-dasturlash tillariga qiziqish kuchayib bormoqda. Shu ma’noda, yosh dasturchilar oldida katta Web-loyihalarni amalga oshirish uchun qaysi Frameworkdan foydalanish kerak degan savol ko‘ndalang turadi. Frameworklar nima?

Orol dengizida bo‘ladigan kompyuter o‘yini


Shvetsiyadagi dasturchilar voqealari Orol dengizida bo‘ladigan kompyuter o‘yinini ishlab chiqdi

Shvetsiyadagi The Working Parts geym-studiyasi voqealari Orol dengizining qurigan o‘rnida kechadigan Residue: Final Cut sarguzasht o‘yinini ishlab chiqdi. Bu haqda Podrobno.Uz ma’lumotiga asoslanib, “Kun” xabar bermoqda.

Популярные сообщения